YANGI QARORGA ShARH

0
415
marta koʻrilgan.

2018 yilning 5 aprel kuni «Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjatga koʻra, nodavlat bogʻchalarni qurish uchun tekinga yer uchastkalari taqdim etiladi.

maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy hamkorlikning quyidagi shakllari joriy etildi:

— nodavlat bogʻchalar binolarini qurish uchun, shu jumladan faoliyat koʻrsatuvchi davlat bogʻchalar hududida tekinga doimiy foydalanish uchun yer uchaskalarini taqdim qilish;

— mavjud davlat maktabgacha taʼlim muassalarini jihozlash va rekonstruksiya qilish sharti bilan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlari qurish uchun tekinga yer uchatkalarini berish;

— boʻsh turgan davlat mulk obyektlarini, shu jumladan, faoliyat koʻrsatmayotgan davlat bogʻchalarni «noʻl» qiymatda sotish;

— davlat bogʻchalarining foydalanilmayotgan binolari va korpuslarini tekinga uzoq muddatli foydalanishga berish.

— Davlat-xususiy hamkorlik shakliga qarab xususiy hamkorga quyidagi investitsiyaviy majburiyatlar yuklatiladi:

— ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalardan boʻlgan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarga imtiyozli ota-ona pulini belgilash (mazkur hududdagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmagan holda);

— xususiy hamkorga biriktirilgan bogʻchalarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish.

— Davlat-xususiy hamkorlikda tashkil qilingan nodavlat bogʻchalar quyidagilardan ozod etildi:

— ikki yil muddatga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kirilayotgan jihozlar, inventarlar, oʻquv qoʻllanmalari va oʻyin maydonlari uchun bojxona toʻlovlaridan;

— faoliyatni boshlagan kundan boshlab oʻn yil muddat davomida davlat maqsadli jamgʻarmalariga barcha majburiy toʻlovlar va majburiy ajratmalarni toʻlashdan.

Shuningdek, 2018 yil 15 apreldan xodimlarining oʻrtacha yillik soni 100 nafargacha boʻlgan bogʻchalar kichik tadbirkorlik subyektlari toifasiga kiritildi.

Vazirlik axborot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.