Yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar necha kun dam olishadi?

0
324
marta koʻrilgan.

Joriy yilgi Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

2017 yildan boshlab Oʻzbekistonda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha dam olish kunlarini belgilash anʼanasi boshlangan edi.

Shunga koʻra, OʻzA yaqinlashib kelayotgan Yangi 2021  yil bayrami arafasida oʻzbekistonliklar necha kun dam olishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yana bir bor eslatib oʻtdi.

Yangi yil bayrami arafasidagi dam olish kunlari 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6122-sonli Prezident farmoni asosida belgilanadi. Unga koʻra, 2 yanvar, shanba kuni 6 kunlik ish haftasida mehnat qilayotganlar uchun ham dam olish kuni sifatida belgilandi.

Shunday qilib, ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar Yangi yil bayrami arafasida barcha xodimlarga quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi: 1 yanvar – juma; 2 yanvar – shanba; 3 yanvar – yakshanba.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.