Koʻkrak qafasining chap sohasida, yaʼni yurak oʻrnida paydo boʻlgan ogʻriq quyidagilardan darak beradi:
Kuchli jismoniy bosimlardan keyin. Yurak ishemik kasalligi boʻlgan stenokardiya yuzaga kelayotgan boʻlishi mumkin.
Shamollash tufayli ogʻriqlar. Bu ogʻriqni ham eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak. Bu revmatizm yoki miokarditning birinchi belgisi boʻlishi mumkin.
Tinch holatdagi ogʻriq. Bu asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq. Ehtimol, bu vegetativ disfunksiya va depressiya sabablari boʻlishi mumkin.
Manba: «Sogʻlom hayot»