Tuxumni ishlatishdan oldin yuvib ishlating. Din peshvolarining aytishlaricha, yuvilmagan tuxum makruh sanalarkan. Makruh tuxum mahsulotini yeyish odamlar qalbini qorayishiga, yovuzligiga sababchi boʻlar ekan.
Albatta, bu tibbiy talablarga ham javob bermaydi. Hatto muzlatgichga tuxumni taxlashdan avval obdan yuving. Chunki, u tovuqxonadan toʻgʻri olib kelinadi, unda juda koʻp mayda koʻzga koʻrinmaydigan jondorlar – mikroblar boʻladi. Biz ularni faqat mikroskop ostidagina kuzatishimiz mumkin. Tovuqning najasi ham odamniki kabi makruh va bir xil hukmda boʻladi. Yaʼni ulomalar uni najasati gʻaliza deyishadi.
Salomatlik gigiyenasiga amal qiling. Ozodalikka, saranjom sarishtalikka nima yetsin!
Fazilat Saʼdullayeva, farmatsevt