GUJUM. UZ oilaviy oʻqishga moʻljallangan internet-nashr boʻlib, Oʻzbekistonda va jahonda sodir boʻlayotgan yangiliklarni oʻzbek oʻquvchilariga sodda va tushunarli tilda hamda tezkor yetkazib berishni oʻziga maqsad qilib olgan.
Gujum – nafis barglari gurkirab quyuq oʻsuvchi koʻp yillik oʻsimlik. Goʻzallik timsoli boʻlmish daraxt yomgʻir quyib yogʻsa ham bir tomchi suv ostiga oʻtmaydi. Oftobli kunlarda daraxt osti salqin va orombaxsh boʻladi. Qadimda belanchak va beshiklar undan tayyorlangan. Zero, unda yotgan bolaning umri gujum kabi uzoq boʻlib, elga tayanch, yurtga suyanch boʻlsin, degan niyatlar mujassamlashgan.
Xalqimizning beshikka chaqoloqni belayotganda elga “gujumdek soya, uzumdek meva bersin” degan duolari ham ana shundan kelib chiqqan. Saytimizni oʻqigan mamlakatimiz kelajagi boʻlgan farzandlarimiz ham maʼnaviyatli-maʼrifatli, yurt koriga yaraydigan, vatan taraqqiyoti bardavomligini taʼminlaydigan komil inson boʻlishida tilakdoshmiz.
GUJUM. UZ internet-nashri OAV sifatida 2017 yilning 28 iyulida 1181 raqami bilan Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlib, uning muassisi “Sogʻlom ona va bola” ayollarni va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.
Saytda uzatilgan axborotlar haqida:
GUJUM. UZ sayti tahririyati mavjud qonunchilikka koʻra saytda nashr etilgan, qoidalar asosida koʻchirib bosilgan maʼlumotlar uchun (manbasi koʻrsatib yozilganligi evaziga) javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.
Saytda nashr qilingan maqola muallifi bilan sayt tahririyatining fikri bir xil boʻlmasligi mumkin.
Shuningdek, sayt tahririyati oʻquvchilar yuborgan xatlarning har biriga alohida javob yozish majburiyatini olmaydi.
Sayt Oʻzbekiston Respublikasi hududida, mintaqa va chet ellarda faoliyat yuritayotgan internet saytlari, nashrlar bilan oʻzaro maʼlumot, maqolalar almashishni yoʻlga qoʻyadi.
Oʻt pufagi haqida maʼlumot va ushbu aʼzo kasalliklarining sabab hamda turlari