Tadqiqotchilar jamoasi tajribasi jarayonida 76 nafar talabaga 140 ta suratni tarqatib, tavsiflab berishni soʻradilar.
Suratlarda turli semizlikdagi 70 nafar erkak va yana shuncha ayol bor edi. Talabalar odamni tavsiflash uchun 30 ta feʼl-atvor xususiyatlaridan foydalanishlari zarur. Barcha tavsiya etilgan soʻzlar “katta beshlik” deb nomlanuvchi mustaqil shaxs xususiyatlariga mos keladi.
Bu psixologik model boʻlib, u insonlarga nisbatan ishlatiladigan beshta asosiy xislatlarni oʻz ichiga oladi. Bularga ezgu niyatli, vijdonli, ochiq koʻngilli, mehnatkash, gʻayratli kabi bir nechta fazilatlar kiradi.
Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, semiz odamlarni ishtirokchilar beparvo va dangasa, kelishgan qomat egalarini esa ishonchli va gʻayratli deb topishdi. Talabalar nok shaklidagi qomat egalarini hamda keng yelkali insonlarni mojaro va gʻazablanishga moyilligini, aksincha, nostandart tana tuzilishiga ega boʻlganlarni esa tortinchoq va ishonchli kishilar sifatida qabul qilishdi.
D.AZIMOVA