Aholiga quvonch ulashgan moʻjazgina bekat

0
673
marta koʻrilgan.

 Buyuk Britaniyaning Devon grafligidagi Uelxempton qishlogʻida nomaʼlum shaxs  qishloq aholisining ogʻirini yengil qilish maqsadida noodatiy avtobus bekati qurdi. Bu kabi savob ishdan qishloqliklarning boshi osmonga yetdi. Chunki bekat koʻp yillar mobaynida tashlandiq holda edi. 

Devon grafligi bir qator anana va urf- odatlarning vatani hisoblanadi. Artur Konan Doylning Sherlok Xolmsga bagʻishlangan asarlari turkumiga kiruvchi “Baskervillar iti” asaridagi voqealar aynan shu joyda boʻlib oʻtadi.

Endilikda ushbu bekat orqali qishloqning nomi dunyoga mashhur boʻldi. Toshdan qurilgan moʻjazgina avtobus bekati xuddi turar-joy binosidagi xonalarni, qadimgi Angliyadagi uylarni yodga soladi. Bu yerda kreslo mavjud, tuvaklarga  gullar ekilgan. Xonadagi oʻrindiqlarga yostiqlar qoʻyilgan. Devorga esa kartinalar osib qoʻyilgan. Avtobuslarning bekatga qachon kelishi haqidagi maʼlumot qadimiy usulda ishlangan yogʻoch ramkaga joylashtirilgan.
 
Muxbirlarning aytishicha, shu tariqa jahondagi eng shinam avtobus bekati paydo boʻldi. Hozircha bu noyob bekat kim tomonidan qurilgani aniq emas. Qishloq ahli nomaʼlum dizaynerni “mahalliy Benksi” deb atamoqda va oʻzlariga cheksiz yaxshi kayfiyat sovgʻa qilgani uchun unga minnatdorchilik bildirishmoqda. Bu haqda The Daily Mail gazetasi maʼlum qildi.
 
Sharofiddin Toʻlaganov, Oʻz A
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.