Amerikaga fotosayohat: Maunt Vernon

0
226
marta koʻrilgan.

Maunt Vernon — AQSH davlatchiligining otasi sanalmish, eng birinchi prezidenti Jorj Vashingtonning uyi. Uy 1734 yilda qurilgan. Otasi Avgustin Vashingtondan meros boʻlib qolgan. Uy Jorj Vashingtonga oʻtgandan soʻng, uni ikki barobar kengaytiradi. Uydagi jihozlarning hammasi ham haqiqiy boʻlmasa-da, lekin oʻsha zamondan qolgan, birinchi prezident va uning oilasiga tegishli boʻlgan asl buyumlar juda koʻp. Uydagi baʼzi buyumlar oʻsha davr nafasi sezilib turishi uchun asliga oʻxshatib keyinchalik yasalgan. Qabri ham shu yerda joylashgan.

 

 

Jorj Vashingtonning uyi atrofida yana bir qancha kichik uylar bor. Bu uylarning birisi, oshxona sifatida xizmat qilgan boʻlsa, yana biri kir yuvish xonasi, yana boshqasi omborxona va shunga oʻxshash boshqa turli maqsadlarda foydalanilgan.

 

Jorj Vashington va rafiqasi Marta Vashingtonning qabri.

Oydin SAʼDULLAYEVA fotoreportaji

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.