«Ayol va Zamon» gazetasi saytimiz mehmoni: BOYSUN BOʻYLAB SAYOHAT

0
210
marta koʻrilgan.

 Xalqaro turizm kuni nafaqat jahon boʻylab, balki yurtimiz boʻylab ham keng tarzda nishonlanadi. Inson qancha goʻzal manzilgohlar, urf-odatlarimiz aks etgan hunarmandchilik markazlari, muzeylarni sayohat qilar ekan uning dunyo qarashi kengayadi, teran fikrlaydi, saviyasi oshadi…

Yurtimizning kelajagi biz yoshlarning tarbiyasiga, barkamol avlod boʻlib yetishishimizga bogʻliqdir. Shuning uchun milliy istiqlol gʻoyasini qalbimiz va ongimiz bilan his etishimiz, milliy qadriyatlarimizni va tariximizni sevib oʻrganishimiz lozim. Shunday ekan biz, Boysun tumani, 57-maktabning “Yosh ijodkorlar” toʻgaragi aʼzolari maktabning” Ijodiy-Madaniy masalalar boʻyicha“ targʻibotchisi Karomatulloh Karimov bilan birgalikda tumanimizning bir qancha diqqatga sazovor joylariga sayohat qildik.

 Dastavval biz Boysun tumanidagi Milliy hunarmandchilk markazini sayohat qilar ekanmiz, markazning madaniy xodimlari bizni iliq kutib olishdi. U yerda bir necha asrlik tarixga ega boʻlgan qadimiy buyumlar, ikki yuzga yaqin turli yoʻnalishlarda toʻqilgan milliy qadriyatlarimizni oʻzida namoyon qiladigan ijod namunalar,hamda gilamdoʻzlik, kashtachilik kabi yoʻqolib borayotgan hunarmandchilik turlari bilan obdon tanishib chiqdik. Qariyb unutib borilayotgan “Alocha” (janda) toʻqimachilik mato turi  bilan ham tanishdik… Gilamdoʻzchilik kasbi anchagina murakkab ish boʻlib, u kishidan metin iroda , masʼuliyat, sabr, ziyraklik talab qiladi. Rang-barang iplardan toʻqilgan bir-biridan goʻzal ijod namunalari bir qarashdayoq insonning kayfiyatini koʻtarib, milliy qadriyatlarimizni yana bir-bor eslatadi. Sayohatimiz davomida xorijlik mehmonlarimizning hunarmandchilikdagi tashrifi, markazimizdagi ijod namunalariga katta qiziqish va hayrat bilan qaraganlariga amin boʻldik. Agar Boysunga yoʻlingiz tushganida albatta milliy hunarmandchilik markazini eʼtiborsiz qoldirmaysiz degan umiddamiz. Soʻngra tumanda yangi barpo etilgan “IT center” (Kompyuter savodxonligi, dasturlash hamda  media savodxonligi oʻrgatiladigan markaz) dagi toʻgaraklar bilan tanishib chiqar ekanmiz, qanchadan-qancha yoshlarning oʻz boʻsh vaqtlarini samarali va mazmunli oʻtqazayotganlariga guvoh boʻldik. Bu xayrli ish Yangi Oʻzbekistonning uchinchi renesansga qadam qoʻyishimizdan desak, aslo xato qilmagan boʻlamiz.

Keyin “Barkamol avlod bolalar maktabi”dagi “Munchoqlikoʻzlar”, “Jurnalistika va notiqlik“  toʻgaraklari bilan ham tanishib chiqdik. Tumandagi ikkinchi ixtisoslashtirilgan maxsus maktab faoliyati bilan tanishar ekanmiz , kutubxonadagi Jahon adabiyotiga mansub asarlar va yangi keltirilgan ikki yuzga yaqin asarlar biz yoshlarni diqqatiga maʼnaviyat olamiga chorladi. Biz mazkur kutubxonadan oʻzimizga munosib, kerakli adabiyotni oldik. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek:“Adabiyot-millat yuragi…” Adabiyot bor ekan, millat yashaydi va rivojlanadi.  Sayohatimiz yakuniga yetar ekan, “Yosh ijodkorlar “toʻgaragi aʼzolarining oʻz uylariga olam-olam taassurot bilan qaytayotganlarini va yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtiboru eʼtirofdan qalbimiz bir olam zavqqa toʻldi.

Diyora KARIMOVA, Boysun tuman 57-sonli maktab, 8-sinf oʻquvchisi, shoira,”Navroʻz nafasi” sheʼriy kitob muallifi,  Respublika   “Yosh ijodkorlar”  klubi    aʼzosi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.