2018 yildagi eng baxtli davlat sifatida Finlyandiya tan olindi. Bu haqda The World Hapiness Report har yillik hisobotida aytiladi, u BMTning barqaror rivojlanish yechimlarini izlash boʻyicha boʻlinmasi tomonidan eʼlon qilingan.
Qayd etilishicha, Finlyandiyada xorijdan kelgan 300 000 kishi va xorijdan kelganlarning avlodi boʻlgan 5,5 million kishi istiqomat qiladi. Immigrantlarning guruhlari orasida Yevropaning boshqa davlatlaridan kelganlar, shuningdek, kelib chiqishiga koʻra Afgʻoniston, Xitoy, Iroq va Somaliga mansub boʻlgan guruhlar mavjud.
Reytingdagi ikkinchi oʻrinni Norvegiya egalladi, u 2017 yilda eng baxtli davlat deb tan olingandi.
Ilk oʻntalikdan Daniya, Islandiya, Shveysariya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Avstraliya ham joy oldi, deb yozmoqda The Washington Post.
Nashr maʼlumotiga koʻra, AQSH ushbu reytingda 18-pogʻonani egalladi.
Hisobotni tayyorlash doirasida 156 mamlakat hayot davomiyligi, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va korrupsiyaga boʻlgan munosabat kabi omillar boʻyicha baholandi.