Oʻzbekistonimizda dovrugʻi dunyoga taralgan tarixiy maskanlar, shaharlar, qaʼlalar juda koʻp. Xiva, Samarqand, Buxoro, Qoʻqond… Ulardan yana biri Shahrisabzdir.
Ispaniya elchisi Klavixo eʼtiroficha, XV asr boshlarida Shahrisabz ulugʻvor va goʻzal shahar boʻlgan.
Shahrisabzning istehkom devorlari atrofida chuqur va keng zovur qazilgan va kirish darvozalari oldida koʻtarma osma koʻpriklar yasalgan edi.
Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo ham ana shu koʻtarma koʻpriklardan biri orqali shaharga kirib kelgan. Osma koʻprik orqali kirgan shahar ichi-yu va uning atroflarida ham bogʻlar, uylar koʻp ekanligini qayd etgan.
Bu tassavur esa unga Shahrisabzni «katta shahar» deya taʼriflashga imkon bergan.
gujum.uz