Kavkaz togʻlari bagʻridagi “Oʻzbekiston” sanatoriysida uchrashuv

0
411
marta koʻrilgan.

Kavkaz togʻlari bagʻridagi “Oʻzbekiston” sanatoriysi jonajon Vatanimizning Kislovodskdagi bir boʻlagi — yuragi desak arziydi. Dam olish maskanimizning hayratomuz goʻzalliklari – bepoyon moviy osmonga intilgan togʻlar bilan boʻylashgan sarvqomat daraxtlar, oy bilan chiroy talashgan gullar, milliy ruhda bezatilgan naqshinkor arka, endigina qurilishi tugagan   moviy gumbaz, yam-yashil yoʻlaklar, davom etayotgan bunyodkorlik ishlari qadrdon va islohotlarga boy yurtimizni eslatib turadi.

 Oromgohning musaffo havosi, soʻlim tabiati dillarga huzur bagʻishlaydi. Shifobaxsh mineral  suvlari va turli xil muolajalari ila xushmuomala vrachlar, oʻrta va kichik tibbiy xodimlar tuni kun xizmatda.

 Shu bilan birga dam olish maskanining klubida tez-tez  bayramlar, tadbirlar va foydali suhbatlar uyushtiriladi. Har kuni filmlar namoyish etiladi.

Ana shunday tadbirlardan biri – YevroOsiyo  yuqumli kasalliklar uyushmasining vitseprezidenti  tibbiyot fanlari doktori, professor Muboraxon Axmedova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Olima jahon tibbiyotida muammo boʻlib turgan yuqumli kasalliklar haqida maʼlumot berdi. Jumladan, surunkali S va V gepatiti kasalligini oldini olish, davolash va sanatoriyda bunga qanday eʼtibor berish lozimligi toʻgʻrisida maʼruza qildi. Ish faoliyati jarayonida uchragan hayotiy voqealarni qiziqarli sharhladi. Shuningdek, dam olish maskaniga doir oʻzining shahsiy  fikr-mulohazalarini ham bildirdi.

– Dam olish maskanida zamonaviy dignostika, klinik va biokimyo laboratoriyalar ishlab turibdi. Har bir davolanuvchi UZI tekshiruvidan oʻtkazilmoqda. Yana oʻtgan yilgi tahlillar kompyuterda saqlanib, qiyosiy tahlil qilinayotgani eʼtiborga molik. Gepatit S va V ga ham xuddi shunday tekshiruv lozim  yaʼni har bir keluvchidan qon tahlili olinishi kerak. – dedi olima.

 Maʼruzachiga tibbiyot xodimlari va dam oluvchilar tomonidan koʻplab savollar berildi. Javoblar olindi. Suhbat maʼlumotlarga boy tarzda va  qizgʻin kechdi. Barchada katta taassurot qoldirdi.

Raʼno  ZARIPOVA,

Kislovodsk

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.