Lox-Ness koʻlida yashaydigan maxluq mavjudmi?

0
1091
marta koʻrilgan.

Shotlandiyadagi Lox-Ness koʻlining afsonaviy maxluqi asrlar davomida har xil bahslarga sabab boʻlmoqda. Bu jonivor haqida turli nazariyalar bor. Unga tegishli suratlar va videolar keng tarqalgan. Endi bu maxluq haqida yangi qarash paydo boʻlibdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Lekin Lox-Ness koʻlida yashaydigan maxluq sirliligicha qolmoqda. Birov uni haqiqat desa, ayrimlar afsonaga yoʻyishadi.

Koʻlda bir necha marta kuzatuv oʻtkazildi. «Loch Ness Sightings» sayti maʼlumotiga koʻra, bu maxluq 2017 yilda koʻlda 17 marta koʻringan ekan.

«Express.co.uk» saytida «All Time Conspiracies» kanali «Youtube»ga tayangan holda xabar berishicha, maxluq haqiqatan topilgan, lekin u maxfiy saqlanmoqda.

Shvetsiyada «Storsjöodjuret» nomli maxluq (Koʻldagi ulkan maxluq) Storsjun koʻlida yashagani haqida maʼlumotlar bor.

Shvetsiya hukumati 1986 yili «Storsjöodjuret va uning bolalarini qoʻriqlash toʻgʻrisida» qaror chiqargan edi. Bu qaror 2005 yili oʻz kuchini yoʻqotgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.