Misrda 40 ta mumiyoli qadimiy nekropol topildi

0
531
views
Misr arxeologlari qadimiy qabristonni Misrning Al-Minya provinsiyasidagi Tuna al-Gabal hududidan topishdi. Bu haqida RIA Novosti Misrning qadimiy ishlar boʻyicha milliy vazirligiga asoslanib xabar bermoqda.
 
Al-Minya universiteti va qadimiy ishlar vazirligining arxeologik missiyasi Tuna al-Gabal majmuasidagi qazilma ishlari davomida qabristonga duch kelgan. Unda uchta tosh sakrofagli maqbara va qirqta yaxshi saqlanib qolgan mumiyolangan jasad, shu jumladan, oʻnta bola mumiyosi aniqlandi.
 
Bundan tashqari, kulolchilik ashyolari va bir qancha qabr yopinchiqlari topilgan. Vazirlikdan maʼlum qilishlaricha, ushbu topilma Misrning yunon-rum davridagi (miloddan avvalgi 4 asr oʻrtalaridan milodiy 4 asrning oxirigacha) tarixiga oiddir.
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here