OʻZBEKISTON FUQAROLARI VATANIGA SOGʻ-SALOMAT QAYTDILAR

0
175
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi FVVning “TEZKOR RAQAM” XRONIKASIDAN…

2018 yil 21 yanvar kuni taxminan soat 23:10 larda Oʻzbekiston fuqarosi Boltaboyev Ulugʻbek FVV Markaziy apparatida favqulodda vaziyatlarni oldini olish boʻyicha tashkil etilgan tezkor shtabning 147-10-50 telefon raqamiga aloqaga chiqib, joriy yilning 21 yanvar kuni taxminan soat 22:50da Petropavlovsk shahridan Oʻzbekiston Respublikasiga “Setra” rusumli avtobusda 43 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, shulardan 2 nafari yosh bolalar kelayotgan vaqtda, Ostona shahriga 54 km qolganda havo harorati (-40 S)) sovuqligi sababli, dizel yoqilgʻisi muzlashi natijasida, yoʻl chetida harakatlanmay turib qolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi FVV FVBM tezkor navbatchisi zudlik bilan mazkur fuqaro bilan aloqaga chiqib, undan vaziyatga aniqlik kiritilgandan soʻng Qozogʻiston Respublikasi FVQ FVBMga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot taqdim etildi va soʻngra hamkorlikda koʻrilgan choralar natijasida, Qozogʻiston Respublikasi FVQ va mahalliy ijro organlari xodimlari tomonidan mazkur avtobus yoʻlovchilari Shoʻrtandi tumani A-1 “Ostona-Borovoy” trassasi yaqinida joylashgan 5-sonli Agrotexnika kollejining yotoqxonasida tashkil etilgan isinish maskaniga vaqtinchalik evakuatsiya qilingan. Isinish maskanida Oʻzbekiston fuqarolariga issiq joylar, uch mahal issiq ovqat va tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Oʻzbekiston fuqarolarini oʻz vataniga tezkor qaytarish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi FVV va Qozogʻiston Respublikasi IIV FVQ tomonidan fuqarolarga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdining platskart vagonlari bepul asosda taklif etildi. Afsuski, yomon ob-xavo va sovuqqa qarshi ogohlantirishga qaramasdan, yoʻlovchilar ruxsatsiz avtobusda yoʻlga chiqdilar, faqatgina 5 nafar yoʻlovchi Qozogʻiston Respublikasi IIV FVQ  xodimlari tomonidan Ostona shahri vokzaliga yetkazilib, poyezdda Toshkent shahriga yetib keldilar.

Joriy yilning 2018 yil 25 yanvar kuni soat 22:00da mazkur fuqarolar Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidagi “Gʻisht koʻprik”, “Zangiota” va “Toshkent” chegara nazorat oʻtkazish punktlari orqali Respublika hududiga sogʻ-omon kirib kelishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi FVV Qozogʻiston Respublikasi IIV FVQ Akmola viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti, akimati, Shortandi tumanidagi 5-sonli Agrotexnika kolleji rahbarlari va xodimlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga koʻrsatilgan yordam va hamkorlik uchun alohida minnatdorchilik bildiradi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.