Oʻzbekiston ilk marotaba “Magnifest-2019” xalqaro festivalida ishtirok etdi

0
173
marta koʻrilgan.

Kuni kecha Germaniyaning Braunshveyg shahrida oʻtkazilgan “Magnifest-2019” xalqaro festivalida Oʻzbekistonning turizm salohiyati targʻib etildi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

“Magnifest” xalqaro festivali deyarli bir asr davomida oʻtkazilib kelinayotgan, musiqiy va gastronomik namoyishlar bilan tanilgan yirik xalq sayllaridan biridir. Mazkur festivalga har yili Germaniya va qoʻshni Yevropa mamlakatlaridan 150 mingdan ziyod aholi tashrif buyuradi. Joriy yilda oʻtkazilayotgan “Magnifest” xalqaro festivalida Oʻzbekiston ilk marotaba ishtirok etdi. Festival 3 kun davom etib, unda “Sugʻdiyona” oʻzbek davlat milliy cholgʻulari kamer orkestri ham qatnashdi. Festival doirasida yurtdoshlarimiz tomonidan ijro etilayotgan milliy kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashib, katta qiziqish uygʻotdi. “Magnifest” festivali Oʻzbekistonni xorijda tanitish, jumladan mamlakat turizmini targʻib etishda muhim oʻrin tutadi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.