Oʻzbekistonda XI-XII asrlardagi Markaziy Osiyo xalqlari tarixi haqida serial tasvirga olinadi

0
179
marta koʻrilgan.

2019-yilning oktabr oyida Oʻzbekiston hududida Jeykob Shvars jamoasi (8K formatidagi ilk filmni olgan jamoa) tomonidan XI-XII asrlardagi Markaziy Osiyo xalqlari tarixi haqidagi serialning ilk epizodi tasvirga olinadi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi. Epizod tasvirga olinuvchi joylar boʻyicha kelishuvga erishilgan. Bu film Netfliks yoki Amazon orqali targʻib qilinadi.

Film uchun aktyorlar tarkibi xorijdan jalb etiladi, zero bu birinchi loyiha boʻlgani uchun toʻliq ingliz tilida ishlanadi, keyingi seriallarga oʻzbek aktyorlari ham jalb etiladi. Serialning tarixga muvofiq kelishiga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi maslahatchisi Behruz Hamzayev masʼul, Shvars jamoasi esa prodakshn va post-prodakshn ishlari uchun javob beradi.

Ushbu serial loyihasini yoʻlga qoʻyishga nima turtki berdi? Shu kungacha “Taxtlar oʻyini” seriali juda koʻp odamlar tomonidan sevib tomosha qilindi. Undagi koʻplab elementlar aynan Markaziy Osiyo xalqlari tarixidan kelib chiqqan. Shundan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston hududida tarixiy serialni suratga olishga ahd qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.