Pandemiya vaziyatida sayyohlar tashrifi

0
142
views

2020 yilda ogʻir davr boʻlishiga qaramasdan Oʻzbekistonga 1 mln 504 ming turist keldi, ularga 261 mln dollarlik xizmat koʻrsatildi.

Bu haqda AOKAdagi brifingda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov maʼlum qildi:

«Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar koʻrgan sohalardan biri boʻldi. 2020 yilda jami 1 mln 504 ming turist tashrif buyurdi. Bunda 261 million AQSH dollari miqdorida turizm xizmatini koʻrsatdik.

2021 yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yoʻnalish boʻyicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshirmoqchimiz, ziyorat turizmiga koʻproq eʼtibor qaratmoqchimiz.

2021 yilda Oʻzbekistonga 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini taʼminlash boʻyicha reja qilingan. Buning evaziga turizm xizmatlari eksporti 370 mln dollarga yetkaziladi».

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here