U oddiy sargʻish bananlarga nisbatan mayin va yumshoq. Shuning uchun u uzoq yoʻlga yaramaydi va eksport qilinmaydi. U dunyoning bitta joyida faqat Seyshel orollarida oʻsadi.
Ushbu davlat Sharqiy Afrikada, Hind okeanining gʻarbiy qismida ekvatordan janubroqda joylashgan boʻlib, tarkibida 115ta orol mavjud. Faqat uning 33tasida aholi istiqomat qiladi. Eng katta oroli — Mae, u poytaxt hisoblanadi.
Boshqa katta orollari — Siluet, Praslen, La-Dig. Aholisi 2010 yil maʼlumotlariga koʻra 88 ming kishidan iborat. Davlat tili ingliz, fransuz va seyshel tillari boʻlib, respublika 1974 yili oʻz mustaqilligiga erishgan.
Oydin SADULLAYEVA