Italiyadagi qadimiy va hashamatli “Qudrat saroyi” sayyohlar uchun qayta ochildi.
Taxminan 2000 yillik tarixga ega ushbu Tiberiy uyi imperatorlar hokimiyati davrida qadimiy shahar hukmdorlarining qarorgohi boʻlgan. Ushbu ulkan saroy Rimning eng baland tepaligida joylashgan boʻlib, u orqali bugungi shaharning ajoyib manzarasini kuzatib zavqlanish mumkin boʻldi.
Palatin tepaligidagi qadimiy Rim imperatorlik saroyi xavfsizlik maqsadida saroyni mustahkamlashga qaratilgan 50 yillik taʼmirlash ishlaridan soʻng mazkur yilning 21-sentabr kuni birinchi marta sayyohlarni qabul qila boshladi.
GUJUM.uz