Sahro qoʻynidagi “Tuproqqalʼa” yodgorligi

0
131
marta koʻrilgan.

Ellikqalʼa tumanidagi  “Tuproqqalʼa” yodgorligi miloddan avvalgi I-IV va VI asrlarga tegishli boʻlib, u 1938 yil S.P.Tolstov ekspeditsiyasi tomonidan kashf etilgan.

Tuproqqalʼa sahni toʻgʻri toʻrt burchak shaklida boʻlib, 17,5 ga yer maydoni teng. Unda 2000-2500 kishi istiqomat qilgan. Shahar gumbazsimon yoʻlakli va burjli mudofaa devori bilan oʻralgan.

Shaharning ichida joylashgan xonadonlarning orasidagi yoʻlaklar juda tor boʻlib, gʻishtlarga tushirilgan tamgʻalar orqali yashagan jamoalarning qaysi uruqqa mansubligini aniqlash mumkin boʻlgan.

Hayratlanarlisi shuki, tashqi devorlarning qalinligi 7-9 metrga teng. Shaharni arxeologik qazish jarayonida 100ga yaqin turar joy va sakkizta saroy  aniqlangan. Zallar boʻrtma naqshlar va rangli xaykallar bilan jixozlangan.

“Tuproqqalʼa” eramizning I-IV asrlarida Xorazm davlatining poytaxti hisoblangan. Shahar tarixi hamon oʻrganilmoqda. Arxeologik yodgorlikka chiqish uchun zinapoyalar barpo etilgan. Chunki, loysimon yoʻlaklar koʻtarilishga noqulayliklar tugʻdirgan.

gujum. uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.