Sankt-Peterburgdagi Davlat Din tarixi muzeyining noyob eksponatlaridan biri soʻfiy ustoz – murshidning Qurʼon koʻylagidir.
U oq rangli, paxtali matodan tikilgan. Oʻrta asrlarda xuddi shunday tumorli koʻylaklar sovut tagidan kiyilgan. Ularning yuzasi toʻliq yoki qisman Qurʼon matni, sehrli toʻrtburchaklar, shia va taqvo taʼriflari, ibodatlar, sehrlar haqidagi yozuvlar bilan qoplangan.
Davlat Din tarixi muzeyidan olingan nusxaning butun yuzasi arab tilidagi matn bilan qoplangan. Matnning salmoqli qismini Allohning vasfi va ismlari (Allohning 99 ismi), basmala, shahada, Qurʼon oyatlari tashkil etadi.
Muzey kolleksiyasining yana bir nodir eksponati — Muhammad paygʻambarning shisha idishdagi muqaddas sochlari — muy-mubodondir.
“Oʻzbekiston madaniy merosi Davlat Din tarixi muzeyi (Sankt-Peterburg) kolleksiyalarida” kitob-albomida bular haqida batafsil maʼlumotlar mavjud.
GUJUM.UZ