Dunyo moʻjizalaridan biri smartfonlar haqida soʻz!

0
74
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda hayotimizga  chuqur kirib kelgan mobil telefonlarning ixtirokchisini bilasizmi?  Nyu-Yorklik Motorola DynaTAC kompaniyasi xodimi Martin Kuper birinchi mobil telefonning ixtirokchisi, «bobosi» hisoblanadi. Uning yaratilganiga  yarim asr boʻldi.

1973 yil 3 aprelda Martin Kuper Nyu-Yorkdagi Oltinchi avenyu boʻylab ketayotganida koʻcha burchagida toʻxtadi va choʻntagidan telefon kitobi va gʻalati tusli telefonni chiqardi. U gʻalati qurilmaning tugmachalarini bosayotgan paytda atrofdagilar uni hayrat bilan tomosha qilishardi. Ixtirochi Motorola raqobatchilaridan  Bell Laboratoriyasiga  qoʻngʻiroq qiladi. Marting suhbatlashadi va shaxsiy choʻntak aloqa vositasidan qoʻngʻiroq qilayotganini aytadi.

 Oʻshandan beri ushbu kun  “mobil telefonlar”ning tugʻilgan kuni hisoblanib, Martin Kuper esa mobil telefonlarning “otasi” va smartfonlarning “bobosi”degan maqomga sazovor boʻldi. Birinchi simsiz telefonning nomi Motorola DynaTAC deb nomlangan. Qurilma faqat 11 yil oʻtgach, yaʼni 1984 yilda sotuvga chiqdi. Zamonaviy standartlarga koʻra, Motorola DynaTACni portativ deb atash mumkin emas. U gʻisht shaklida boʻlib, ogʻirligi 790 gramm  va uzunligi 22 santimetr edi. Ushbu  birinchi qurilma yordamida faqat chiqish va kiruvchi qoʻngʻiroqlarni qabul qilish mumkin boʻlgan. Unda qoʻngʻiroqni yuborish va tugatish uchun 10 ta raqamli tugma va yana ikkitasi bor edi,

Motorola DynaTAC batareyasining toʻliq quvvatlanishi12 soat boʻlib, u faqat 30-60 daqiqa suhbatga yetarli edi, xalos. Qolaversa, tepasida aloqani ushlab turish uchun 15 santimetr uzunlikdagi antenna boʻlgan. 

Bugungi kunda «mobil telefonlar» ishlab chiqaruvchilari butunlay yangi xususiyatlarni taklif qilishni toʻxtatdilar va har bir taqdimotda “yaxshilangan kamera”, “koʻproq ishlash”, “yaxshiroq avtonomiya” soʻzlari yangrardi, koʻpchilik ishlab chiqaruvchilar texnologik taraqqiyotiga yetib borildidegan fikrda. Biroq, Martin Kuper fikricha, smartfonlarda hali rivojlanish uchun joy borligini. bugungi smartfonlar hali  optimal emasligini, mobil telefonlar inqilobning boshida turganligini taʼkidlaydi. 

Uning fikricha kelajakda smartfonlar sogʻligʻimizni kuzatishi, mehnat unumdorligini oshirishi va hayotimizni yanada yaxshilashi mumkin. Barcha sohada informatsion texnologiyalar yuksalib borayotganini eʼtiborga olsak, Martin Kuperning gapida ham jon borligiga ishonsak boʻladi.

Internet materiali asosida Madinaxon TOPILOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.