Piter Kukning tirik kursisi

0
244
marta koʻrilgan.

Rassom Piter Kuk  tirik kursi yaratdi. Tirik kursi ham boʻladimi deya ajablanishingiz tabiiy.  Ha insonning qalbi gul, qoʻli qadoq.

Piter Kuk tirik kursini daraxtlarni shakllantirish usullaridan foydalangan holda oʻstirdi. U ham havoni kislorod bilan taʼminlaydi, ham dillarni yayratib huzur bagʻishlaydi. Insonni, dehqon rassomni ulugʻlovchi moʻjizadir!

Ijodkor rassomga mazkur oʻrindiqni yaratish uchun sakkiz yil vaqt ketdi. Koʻrib turganingizdek, ajoyib, tabiiy oʻrindiq yaralgan. Inson  ijodkor. Uning topqirligiga, sabr toqatiga, izlanishlariga  qoyil qolmaslikning  iloji yoʻq. Bu sakkiz yilda yaratilgan tabiiy stul jahonning moʻjizalar kitobiga kiritilsa arziydi. 

Dilorom YORMATOVA,  qishloq xoʻjaligi fanlari doktori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.