Xitoy siyohi saraton hujayrasini nobud qiladi

0
334
views

Siyoh bilan davolashda fototermik terapiya usulidan foydalaniladi. Yaʼni, bu modda nanooʻlchamda saraton hujayrasiga kiritiladi va u toʻplanib, maʼlum miqdorgacha yetkaziladi. Soʻng lazer yordamida ushbu kiritilgan modda qizdiriladi. natijada esa zararli hujayra nobud boʻladi. Siyoh lazer yordamida qizdirilganda 55 darajaga koʻtarilgan. Bu qoʻllanilishi mumkin boʻlgan boshqa nanomoddalar koʻrsatkichidan ancha yuqori.

Fototermik davolash usulida boshqa nanomoddalardan foydalanish ham mumkin. Biroq, ular zaharli, qimmat yoki ajratib olinishi murakkabligi bilan qiyinchilik tugʻdiradi. Shuningdek, ayni vaqtda “Hu – Kaiwen” siyohidan xavfli oʻsmalarni davolashda qoʻllash uchun sichqonlarda tajriba oʻtkazilmoqda.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here