Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor Oʻzbekiston shaharlaridan biri – Xiva 2024 yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya eʼlon qilindi.
Ushbu nominatsiyaga 5 ta shaharlar nomzodi qoʻyilgandi: Abu-Dabi (BAA); Shanliurfa (Turkiya); Laos (Nigeriya); Dushanbe (Tojikiston); Xiva (Oʻzbekiston).
Ovoz berish natijasiga koʻra, Xiva yutib chiqdi. IHT sessiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir oʻrinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov rahbarlik qildi.
uzbektourism.uz