Yuragi 18 soatga toʻxtab qolgan fransiyalik qayta tirildi

0
167
marta koʻrilgan.

Gʻaroyib hodisa haqida «France Info» radiosi xabar tarqatdi. 

Akasini koʻrib kelish uchun yoʻlga tushgan uka manzilga yetib bormaydi. Qidirishga tushgan oila aʼzolari uni Fransiya janubidagi Orb darayosi sohilidan topadi. Ammo u behush edi, yuragi urmayotgan, tana harorati esa 22 darajada tushib ketgan boʻlgan. 

Erkakni zudlik bilan Bezye shahridagi shifoxonaga yetkazishadi. Yurak massajidan soʻng 53 yoshli bemor tirilgan. 18 soatga toʻxtab qolgan yurak yana ura boshlagan. 

Tez tibbiy yordam shifokorlarining qayd etishicha, bemorning hayotga qaytishiga gipotermiya — tana haroratining past darajada boʻlgani yordam bergan. Chunki, gipotermiya organizm faoliyatini susaytirib, kasallik asoratlarini oldini oladi. 

Xabarda yuragi 18 soatga toʻxtab qolib, keyin tirilgan fransiyalik haqida boshqa maʼlumotlar keltirilmagan. 

Malohat Husanova, OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.