”Arda Xiva“ — yangi turizm majmuasi

0
167
marta koʻrilgan.

Qadimiy Xivaga yondosh tarixiy va zamonaviy shaharni oʻzida mujassamlashtirgan “Arda Xiva” majmuasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu  maskanning maqsad va vazifasi Xivaning betakror turistik salohiyati bilan yaqindan tanishtirish, Xorazmning boy madaniy-maʼrifiy merosini keng targʻib qilish hamda anʼanaviy hunarmandchilikni yanada rivojlantirishdir.

 Turizm majmuasining ochilish tadbirida mehmonlar uchun madaniy- maʼrifiy dasturlar, qadimiy milliy-mahalliy taomlar, tandirdan uzilgan issiq nonlar, hunarmandchilik buyumlari koʻrgazmalari,  maskan boʻylab qiziqarli sayohat va axboriy tanishtiruvlar tashkil etilib, ularga Xivaning betakror muhiti va maftunkor jozibasi haqida qimmatli maʼlumotlar taqdim etildi.

Arda Xiva – uzoq oʻtmishni namoyon qilish, milliy anʼana va qadriyatlarni oʻrganish, oʻziga xos mahalliy  taomlarni tatib koʻrish va unutilmas jozibani his qilish maskani boʻlish bilan birga  qanchadan-qancha kishilarni ish bilan taʼminlaydigan va Xorazm iqtisodiyotiga munosib hissa qoʻshadigan shaharcha boʻldi!

gujum. uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.