Diydor shirin

0
165
marta koʻrilgan.

Namangandagi anʼanaviy gullar bayrami baxonasida kursdosh dugonalar 44 yildan keyin  uchrashib rosa xursand boʻldik. 

Biz kursdoshlar 1974 – 1979 yillarda Toshkent davlat universitetining (xozirgi Milliy Universitet) matematika fakultetida tahsil olganmiz.

Namangan shahrida oʻtkazilgan 62 – gullar festivalini tomosha kilib, bir olam zavq-shavq oldik, ham kursdosh dugonalar uchrashib, yoshlik damlarni eslab dildan suhbatlashdik. Alloxim, Vatanimizning goʻzalligiga, tinchligiga koʻz tegmasin, deya duolar qilib alqadik.

Ayniksa, Urganch – Andijon poyezdining yoʻlga qoʻyilganligi, Namangan shaxridan oʻtishi yanada xalqimiz uchun qulaylik boʻlibdi. Xorazmlik pensionerlar uchun esa poyezd chiptasi olishdagi imtiyozlarning borligi bizni yanada kuvontirdi. Allohim, yurtimizning goʻzalligiga, tinchligiga, boʻlayotgan ulugʻvor oʻzgarishlarga koʻz tegmasin. 

Jumagul ROʻZMETOVA, GUJUM.UZ ning jamoatchi muxbiri

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.