Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti

0
646
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birga Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab 15-21 noyabr kunlari “Maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik” shiori ostida “Bagʻrikenglik haftaligi” yuksak saviyada oʻtkazildi.

Haftalik nafaqat  poytaxtimiz, jonajon Oʻzbekistonimizning har bir goʻshasi, hududi, mahallasi, oʻquv dargohlari, ijodiy va mehnat jamoalarini qamrab oldi va yuqori saviyada, baland ruhda tashkil etildi.

Poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi yangi ochilgan “Doʻstlik” bogʻida «Xalqaro bagʻrikenglik kuni» munosabati bilan oʻtkazilgan madaniy-maʼrifiy tadbir ham barchani xushnud etdi.

Yurtimiz tarixiga eʼtibor qaratsak, ajdodlarimiz bagʻrikenglik tamoyiliga oʻtmishning barcha davrlarida amal qilib, doʻstona yashaganiga amin boʻlamiz. Xalqimiz tafakkurida, ong shuurida  asrlar osha yashab kelayotgan bu qadriyat bugun yanada ravnaq topmoqda. Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari olijanob maqsad va niyatlar yoʻlida hamkor, hamjihat boʻlib faoliyat yuritmoqdalar.

Tadbirda mamlakatimizdagi turli millatlarning madaniy markazlari tomonidan tayyorlangan kuy-qoʻshiqlar, raqslar va xor jamoasi chiqishlari namoyish etildi. Ularning orasida yosh isteʼdod egalari koʻpligi anʼanalarimizning davom etayotganligini anglatadi.

Shuningdek, turli millat xalqlarining milliy hunarmandchiligi namunalari aks etgan koʻrgazmalar ham barcha tomoshabinlarda goʻzal taassurotlar qoldirdi.

GUJUM.UZ

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati olgan fotolar

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.