Ijtimoiy tadbirkorlik va NNT: O‘zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot

0
201
marta ko‘rilgan.

Bugun Toshkent shahridagi “Miran International” mehmonxonasida “Ijtimoiy tadbirkorlik va NNT: O‘zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada ijtimoiy tadbirkorlik, unda O‘zbekiston tajribasi va Fransiya, Turkiya, Germaniya, Avstriya kabi rivojlangan davlatlarning ushbu yo‘nalishdagi amaliyoti tahlil etildi, soha rivoji bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Konferensiyaning biz uchun ahamiyatli jihati unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan joriy etilgan grant sovrindorlari ham taqdirlandi.

Jumladan, grant dasturida “Tomorqa daromad manbai” loyihasi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston Yosh fermerlar Kengashi 5 000 000 so‘mlik grant sovrindori bo‘ldi. Grant sertifikati Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning Qozog‘iston va O‘zbekiston bo‘yicha mintaqaviy direktori Xenriette Kifer va yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori bosh maslahatchisi Yurgen Bekker tomonidan O‘zbekiston Yosh fermerlar Kengashi mutaxassisiga topshirildi. Shuningdek, Respublika Yosh fermerlar Kengashi grant sovrindori sifatida Sharq Telekom kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bir oylik bepul internet xizmatlaridan foydalanish huquqiga ham ega bo‘ldi.

ILYOS SAFAROV,

O‘zbekiston yosh fermerlar Kengashi bosh mutaxassisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.