Xushxabar: Yoshlar ittifoqi tizimida “Yosh jurnalistlar” to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi!

0
199
marta ko‘rilgan.

Mamlakatimizda jurnalistikaga qiziqadigan yoshlar ham kam emas. Bu yaxshi. Ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ittifoqi amaliy tashabbus ko‘rsatdi.

Jumladan, Xorazm viloyati Kengashi hududdagi telekanal, ijtimoiy tarmoqlarda “Yosh jurnalistlar” to‘garagi ish boshlashi to‘g‘risida e’lon berdi.

Ko‘p o‘tmay, a’zo bo‘lish istagidagi yoshlar soni 70 nafarga yetdi.

Kuni-kecha ushbu to‘garakning ilk mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

To‘garak 3 oy davom etadi. Mashg‘ulotlar tajribali jurnalist va suxandonlar tomonidan olib boriladi.

To‘garak a’zolari bu yerda matbuot, televideniye va radio hamda internet-jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini oshirishadi.

Qolaversa “S Iqbol” telekanali va “Xorazm haqiqati” gazetasi bilan hamkorlikda amaliyot darslari ham tashkil qilinadi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Axborot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.