YONGAN AVTOBUS IChIDA EHTIMOLI BOR BO‘LGAN O‘ZBEKISTON FUQAROLARINING RO‘YXATI E’LON QILINDI

0
174
marta ko‘rilgan.

FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazining ma’lumotiga asosan, 2018 yilning 19 yanvar kuni soat 22.23da “Toshkent-Sharqiy” aerodromiga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy havo kuchlarining «IL-76» maxsus harbiy-transport samolyoti bortida, joriy yilning 18 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Oqtoba viloyati “Chimkent-Samara” avtomobil yo‘lining 1068 kmda avtobusning yonishi natijasida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari olib kelindi, deya xabar beriladi FVV rasmiy saytida.
Yongan avtobus ichida ehtimoli bor bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati ham berilgan. Fuqarolardan mazkur ro‘yxatda keltirilgan shaxslar yoki avtobus ichida bo‘lgan boshqa fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lganlardan FVVning (+998 71) 147-10-50 va (+998 71) 212-67-00 “Tezkor raqamlari”ga qo‘ng‘iroq qilish ham so‘raladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.