KO‘ZGA  MALHAM-U DARMON MAHSULOTLAR

0
745
marta ko‘rilgan.

Qora qorag‘at (smorodina). Askorbin kislotaga boy mahsulotlar ko‘zlarning sog‘lom bo‘lishida juda muhim. Organizmni ushbu foydali vitaminlar bilan ta’minlash uchun, ayniqsa, qora qorag‘at tavsiya etiladi. Nahorga  bir stakan smorodina sharbati ichish koni foyda. Faqat oshqozoningiz bu kabi nordon mahsulotlarni ko‘tara olishi lozim (kislotnost baland  bo‘lmasligi kerak).

Bodom, yong‘oq tarkibida vitamin V1 (tiamin) bo‘lib, u nerv to‘qimalari holatini yaxshilashga yordam beradi. Unga ko‘z to‘r parda, ko‘rish nervi va bosh miyadagi ko‘rish analizatori kiradi.

Go‘sht, tuxum, sut mahsulotlari. Ularning tarkibada vitamin V12 (siankobalamin) ko‘p bo‘lib, ular organizmda oqsil almashinuvida faol ishtirok etadi. Ko‘z soqqasi, ko‘rish nervi, bosh miyasi ham shular jumlasiga kiradi.

Qizil, sariq sabzavotlar va ko‘katlar. Ko‘rish qobiliyatini tiklashda karotin (vitamin A) an’anaviy vosita hisoblanadi. U qizil va sariq sabzavot va mevalarning hammasida mavjud. Shuningdek, vitamin A jigar, tuxum, sariyog‘da ko‘p. Ko‘rish qobiliyati susayganda 1 stakandan sabzili kokteyl ichib turing. Sabzi suvini (3 hissa) petrushka bargi suvi (1 hissa) bilan aralashtirib, ovqatlanishdan oldin ichsangiz bo‘ladi.

Shivit, ismaloq, petrushka, selderey, bodring va lavlagi, sachratqi (sikoriy). Ularning sharbatlari ham ko‘z uchun foydali. Ushbu sabzavot va ko‘katlarning hammasidan xomligicha ko‘p-ko‘p yeb turing. Ularni turli-tuman salatlarga qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.