Miya uchun eng yaxshi “ozuqa”– ko‘katlar va karam

0
426
marta ko‘rilgan.

Amerikalik dietologlar 27 yil davomida 13 ming kishi ustida kuzatuv olib borishdi. Tadqiqotdan maqsad parhyez va aqliy faoliyatning bir-biriga bog‘liqligini o‘rganish edi.

Kishilardagi diqqat-e’tibor, fahm-farosat tezkorligi va eslab qolish salohiyatlari ko‘zda tutilgan holda test o‘tkazilgan edi. Aniqlanishicha, miya uchun eng yaxshi “ozuqa” bu – ko‘katlar va karam ekan. Aynan ushbu ne’matlar tarkibida vitaminlar, antioksidantlar va foliy kislota ko‘p bo‘lib, bu xotiraning pasayishi va Alsgeymer (parishonxotirlik) xastaligi rivojlanishining oldini olishda benazir vositalardan hisoblanadi. Zero, alloma  Abu Ali ibn Sino dasturxonda ko‘katlar bo‘lishining serhikmat ekanligini moziydayoq uqtirganligi bejiz emas.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.