Nahorda ichiladigan suvning xosiyati

0
323
marta ko‘rilgan.

Nahorda ichilgan sovuq yoki iliq suv,  sharbatlar oshqozon- ichaklarning to‘lqinsimon harakatini kuchaytirib, ichni yumshatadi. Kolit(ich qotishi) kasalligiga foyda. Shuning uchun ham qabziyatdan azob chekuvchi kishilarga nahorda bir piyola suv yoki  sharbat ichish tavsiya etiladi.

Yog‘li ovqatdan keyin ichilgan suv me’dada uzoq vaqt turib qoladi. Ko‘p suv ichilganda me’da yanada to‘ladi. Natijada odam o‘zini noxush sezadi. Bundan tashqari, to‘lib ketgan me’da-ichak harakatini kuchaytirib, ichni suradi. Shuning uchun yog‘li ovqatdan so‘ng suv ichish tavsiya etilmaydi. Ozishga harakat qilayotgan kishilar ovqatlanayotgan paytda suv ichmasliklari lozim.

Shuningdek, ho‘l mevalarni yegandan so‘ng ham darrov suv ichish mumkin emas. Chunki, bunda ichakda dam paydo bo‘lishi mumkin.

Shuni yodda tutingki, issiq va iliq ichimliklar sovuq ichimliklarga nisbatan organizmga tez so‘rilib, tashnalikni qondiradi.

Fazilat Sa’dullayeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.