SARATON KASALLIGINING OLDINI OLUVChI MAHSULOTLAR

0
696
marta ko‘rilgan.

Karam turlari

Krestguldoshlar oilasiga mansub barcha turdagi karamlar (brokolli, rangli karam, bosh karam, bryussel karami), salat o‘simligi kuchli antioksidant hosil qiluvchi indol moddasiga boy. Glutatationperoksidaza fermenti organizmdagi ortiqcha estrogenlar faolligini susaytiradi. Chunki, bu gormonlarning ortiqchasi xotin-qizlarda ko‘krak saratoni rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Shuningdek, ushbu mahsulotlar tarkibida yana bir rakka qarshi samarali ta’sir etuvchi antioksidant, ya’ni S darmondorisi mavjud. Bu sabzavotlar tarkibidagi foydali mikro va makro elimentlar parchalanib ketmasligi uchun ularni xom holicha yoki bug‘da, dimlab pishirish zarur.

Soya va undan tayyorlangan mahsulotlar

Dukkakli soya doni ( bu mahsulot loviyadan kichkina va moshdan kattaroq bo‘lib, asosan Koreya, Yaponiya va Xitoy oshxonasida keng qo‘llaniladi) va uning mahsulotlari bo‘lmish tofu, tempex, miso va soya sousi ham inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan zararli o‘sma hujayralarini nobud etadi. Shuningdek, uning tarkibida izoflovonlar hamda fitoestrogenlar mavjud. Bu moddalar esa turli saraton xastaliklari xavfini oldini oladi. Yana soya va uning mahsulotlari nurlanish va kimyoterapiyaning organizmga zararli ta’sirini kamaytiradi.

Piyoz navlari hamda sarimsoqpiyoz

Sarimsoqpiyoz organizmdagi zararli moddalarni o‘ziga “bog‘lab oladi” va tanadan chiqarib yuboradi. Ayniqsa, kashandalar uchun bu mahsulotni iste’mol qilish juda foydali. Sababi tamaki tarkibida zararli kadmiy moddasi mavjud. O‘ziga xos iforli sarimsoqpiyoz esa uni vujuddan tozalab tashlaydi. Shuningdek, bu piyoz qonda oqqon tanachalari faolligini oshiradi. Ular esa o‘z navbatida rak hujayralarini nobud etadi. Me’da saratoni rakning eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. Muntazam ravishda ovqat ratsionida sarimsoqpiyoz va piyozning bo‘lishi esa uning oldini oladi. Oltingugurt moddasi ham sarimsoqpiyoz tarkibida mavjud. Bu modda jigarning turli zararli moddalarni zararsizlantirishga ko‘mak beradi. Piyoz ham sarimsoqpiyoz kabi xususiyatga ega. Ammo uning ta’siri bu mahsulotga nisbatan kamroq. Har ikkala mahsulot tarkibida ham allitsin moddasi mavjud. Bu esa o‘zida oltingugurt moddasini tutadi hamda kuchli zararli moddalarni nobud qilish xususiyatiga ega.

Qo‘ng‘ir tusli dengiz o‘tlari

Ular tarkibida juda ko‘p yod moddasi mavjud bo‘lib, bu modda esa qalqonsimon bez faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Chunki, bu ichki sekretsiya bezi qonda qand moddasi metabolizmini nazorat qiladi. Shuningdek, qo‘ng‘ir tusli dengiz o‘tlari tarkibida yana selen moddasi ham bor. U ham kuchli antioksidant hisoblanadi.  

Agar qonda qand moddasi almashinuvi susaysa, bu rak hujayralarining rivojlanishiga qulay muhit yaratadi.

Gulchehra ShIRINOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.