SUYAK SINGANDA

0
5309
marta ko‘rilgan.

Ba’zida yiqilib, qo‘lingizni sindirib qo‘ysangiz, ancha vaqtgacha bitmay yuradi. Quyida suyak to‘qimalarini tiklash to‘g‘risidagi dastur bilan tanishasiz. U 4 bosqichdan iborat bo‘lib, ularning har biri taxminan bir haftacha davom etadi.

Jarohatlangan zahoti yarani tozalash jarayoni boshlanadi. Uni jadallashtirish maqsadida vitamin A dan foydalanish kerak. Buning uchun qirg‘ichdan chiqarilgan sabziga o‘simlik yog‘i yoki yog‘li smetanani qo‘shib, iste’mol qilish lozim.

Ikkinchi hafta yangi suyak to‘qimalari uchun zarur bo‘lgan oqsil sintezlanadi va hujayralar faol bo‘lina boshlaydi. Bu vaqt mobaynida qaynatilgan tuyoq, ya’ni ilvira (xolodets), go‘shtli sho‘rvalar iste’mol qilish kerak. Vitamin S (nama’tak, qora smorodina, ildizmevali o‘simliklar) va temir moddasi (go‘sht, lavlagi, anor sharbati) juda zarur.

Uchinchi hafta suyak tiklanishi davom etadi. Shuning uchun kalsiyga ehtiyoj ortadi. Ko‘proq pishloq, tvorog va boshqa sut mahsulotlarini iste’mol qiling! Bundan tashqari, qaynatilgan tuxum po‘chog‘ini maydalab, kukun holiga keltiring va bo‘tqaga qo‘shib, iste’mol qiling. Kalsiyning yaxshi hazm bo‘lishi uchun vitamin D (baliq yog‘i, yog‘li dengiz balig‘i) ham kerak.

To‘rtinchi bosqichda dastlabki suyak qadog‘i yangidan paydo bo‘ladi. Bunda, ayniqsa, vitamin D juda muhim. Taomnomani yog‘li dengiz balig‘i bilan to‘ldirish kerak. Shuningdek, ko‘proq sayr qilish lozim! Yaxshisi, oftobda sayr qilgan ma’qul.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.