Xalqona malhamlar

0
191
marta ko‘rilgan.

Oliy toifali vrach Shoira Bekchanova o‘zi oila davrasida qo‘llaydigan xalqona malhamlarni tavsiya qiladi:
Mandarin va nok yo‘talga malham


Shamollash vaqtida turli-tuman achchiq dorilardan ko‘ra apelsinning kichik qarindoshi mandarin ayniqsa, yo‘talda ko‘proq foyda beradi. Chunki, uning tarkibida mikroblarni parchalovchi flavonoid nobiletin moddasi mavjud.
Yo‘talga qarshi tabiiy malham: ikkita mandarin va bitta nokni po‘sti bilan bir necha bo‘laklarga ajrating. Uni emal idishga solib,400 ml qaynagan suv va ikki osh qoshiq shakar (agar asal bo‘lsa undanda yaxshi) qo‘shing. Past olovda 15 daqiqa davomida dimlang. Sovuting, ovqatdan keyin 1-2 osh qoshiqdan iste’mol qiling.

qizil lavlagi qaynatmasi


Faringit, laringit va anginaga chalinganda sinalgan tabiiy va arzon malhamlardan biri qizil lavlagi qaynatmasidir. O‘rtacha kattalikdagi bitta lavlagini archib, ustidan 1 litr suv quying. So‘ng olovga qo‘yib, lavlagi pishgunicha qaynating. Dokadan o‘tkazilgan qaynatma bilan bir kunda 3 marta tomoqni chayqang.

 

Dengiz tuzi


Qaynatib ilitilgan suvga 1 choy qoshiq dengiz tuzini aralashtirib, tomoqni g‘arg‘ara qilish xam yallig‘lanish jarayonlarida asqotadi.

Limon va asal


Yutinganda tomoqda og‘riq bo‘lsa, go‘sht qiymalagichdan o‘tkazilgan limonga asal yoki shakarni teng miqdorda  aralashtirib, 1 choy qoshiq miqdorida kuniga 2-3 mahal iste’mol qilish lozim.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.