Yong‘oqning shifobaxsh xususiyatlari

0
6556
marta ko‘rilgan.

Yong‘oqning mag‘zi bilan birga  po‘stlog‘i hamda bargi ham inson organizmi uchun foydalidir.

Uning po‘stlog‘i tarkibida oshlovchi modda, bo‘yoq va boshqa moddalar, bargida S, R va V1 vitaminlari, karotin, flavonoidlar, gidroyuglon, efir moyi, xom mevasi po‘stlog‘ida ko‘p miqdorda S darmondorisi, mag‘zida esa karotin va yog‘ bor.
Bargidan siqib olingan shirasi temiratki va boshqa teri kasalliklariga qarshi davo sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek, bargidan tayyorlangan damlama bolalardagi raxit va diabet kasalliklarini davolashda, gijja haydovchi vosita sifatida, angina(bodomcha bezlarining yallig‘lanishi) va gingivit(milk shilliq qavatining yallig‘lanishi) kasalligida, og‘iz va tomoqni chayish uchun qo‘llaniladi. Xom mevasi gijjaga qarshi iste’mol qilinadi. Qolaversa, undan tayyorlangan murabbo qalqonsimon bez xastaligi(bo‘qoq)ni davolashda foydali hisoblanadi. Chunki, uning tarkibida ko‘p miqdorda yod moddasi mavjud.

Yong‘oq mag‘zi qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishini qoldiradi. Tarkibida 50 foiz yog‘ bo‘lib, u qand kasalligiga qarshi ishlatiladigan samarali dori vositalaridan biridir. Mevasining mag‘zi ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga ham yordam beradi. Yoshlik quvvatini oshiradi, me’da faoliyatini yaxshilaydi.  Agar u anjir bilan qo‘shib yeyilsa, asab va xotirani mustahkamlaydi.

Tarkibidagi mis moddasi ayollarning homiladorlik va ko‘zi yorigandan keyingi davrda tanasining terisi asl holida qolishiga yordam beradi. Uzoq turib qolib, ta’mi buzilgan yog‘ga yong‘oq mag‘zi solib dog‘lansa, uning taxirligi yo‘qoladi.

Agar uning po‘chog‘ini tolqonday tuyib, suvli yaralar ustiga sepsangiz, jarohatning tezroq tuzalishiga yordam beradi. Tomirining po‘stidan 4-8 gr. olib, qaynatib, ovqatdan so‘ng ichsangiz, me’dadagi yomon xiltlar tashqariga chiqib, qorin og‘rig‘iga shifo bo‘ladi.

Ozarbayjondik ayollar xom yong‘oqdan murabbolar tayyorlashadi. Uni kuch- quvvat manbai deb hisoblashadi.

Yong‘oq mag‘zida S darmondorisi mo‘l bo‘lgani uchun ikki yoshdan boshlab bolalarga maydalab berilsa, shamollashning oldini oladi.

 Homilador ayollar ham sutkasiga 2ta mag‘izdan yeb tursa homilaning rivojlanishiga yaxshi ta’sir qiladi.

Emizikli ayollar ham iste’mol qilsa ona suti yog‘li va mikroelementlarga boy bo‘ladi.

 Biroq, 2ta dan ortiq istemol qilish kerak emas. Chunki ba’zilarga allergiya berishi mumkin. Unday holatlarda  tilga hamda  lo‘njlarga toshmalar toshadi. Shuning uchun meyorida  iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir.

 

Fazilat SA’DULLAeVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji katta o‘qituvchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.