Zira koni foyda

0
2630
marta ko‘rilgan.

O‘tsimon ikki yillik o‘simlik ziraning  bo‘yi 80 sm gacha bo‘ladi. Bargi kesilganga o‘xshaydi. Guli mayda, oq va soyabondek o‘sadi. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Tarkibida efir va yog‘li moylar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar mavjud.

Dorivor sifatida asosan iyulda terib olingan zira urug‘i foydalaniladi.

Urug‘i ichakda yel-gaz haydovchi, sut ko‘paytiruvchi, mikroblarga qarshi kurashuvchi, gijja haydovchi xuxusiyatlarga ega. Ziravor ichakda ovqat chirishida ishtirok etib,  ovqat hazm qilishni yaxshilaydi,.

Bronxit dardida zira, ukrop, arpabadyon, kashnich  urug‘lari teng  miqdorda olinib, maydalanali. Ikki stakan qaynoq suvga undan bir osh qoshiq solib,olovda 2 daqiqa damlanadi. Qaynatmadan  kuniga bir mahal  2 osh qoshiqdan ichiladi.

  Ich qotganda ikki osh qoshiq ziraga bir stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa qaynab turgan suvli  idishda  damlanib, so‘ngra olov o‘chirilib, yana  45 daqiqa ushlanadi. Damlamadan  yarim stkandan 2 mahal ovqatdan keyin ichiladi.

Qorinda gaz yig‘ilganda zira urug‘idan bir osh qoshiq olinib, bir stakan qaynoq suvga solnib, past olovda 30 daqiqa ushlanadi.So‘ngra dokada suzib olinadi. Damlamani kattalar bir osh koshiqdan 2-3 mahal, bolalar bir choy qoshiqdan 2-3  marta ichishadi.

Sa’dullayeva Fazilat,

1-Respublika tibbiyot kolleji

 katta o‘qituvchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.