Sayt haqida

GUJUM. UZ oilaviy o‘qishga mo‘ljallangan internet-nashr bo‘lib, O‘zbekistonda va jahonda sodir bo‘layotgan yangiliklarni o‘zbek o‘quvchilariga sodda va tushunarli tilda hamda tezkor yetkazib berishni o‘ziga maqsad qilib olgan.

 

Gujum – nafis barglari gurkirab quyuq o‘suvchi ko‘p yillik o‘simlik. Go‘zallik timsoli bo‘lmish daraxt yomg‘ir quyib yog‘sa ham bir tomchi suv ostiga o‘tmaydi. Oftobli kunlarda daraxt osti salqin va orombaxsh bo‘ladi. Qadimda belanchak va beshiklar undan tayyorlangan. Zero, unda yotgan bolaning umri gujum kabi uzoq bo‘lib, elga tayanch, yurtga suyanch bo‘lsin, degan niyatlar mujassamlashgan.

Xalqimizning beshikka chaqoloqni belayotganda elga “gujumdek soya, uzumdek meva bersin” degan duolari ham ana shundan kelib chiqqan. Saytimizni o‘qigan mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz ham ma’naviyatli-ma’rifatli, yurt koriga yaraydigan, vatan taraqqiyoti bardavomligini ta’minlaydigan komil inson bo‘lishida tilakdoshmiz.

 

GUJUM. UZ internet-nashri OAV sifatida 2017 yilning 28 iyulida 1181 raqami bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, uning muassisi “Sog‘lom ona va bola” ayollarni va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.

 

Saytda uzatilgan axborotlar haqida:

GUJUM. UZ sayti tahririyati mavjud qonunchilikka ko‘ra saytda nashr etilgan, qoidalar asosida ko‘chirib bosilgan ma’lumotlar uchun (manbasi ko‘rsatib yozilganligi evaziga) javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

Saytda nashr qilingan maqola muallifi bilan sayt tahririyatining fikri bir xil bo‘lmasligi mumkin.

Shuningdek, sayt tahririyati o‘quvchilar yuborgan xatlarning har biriga alohida javob yozish majburiyatini olmaydi.

Sayt O‘zbekiston Respublikasi hududida, mintaqa va chet ellarda faoliyat yuritayotgan internet saytlari, nashrlar bilan o‘zaro ma’lumot, maqolalar almashishni yo‘lga qo‘yadi.