OLIY MAJLIS HUZURIDAGI JAMOAT FONDI DAVLAT GRANTLARI AJRATISH UCHUN 1- VA 2-TANLOVLARINI EʼLON KILADI

0
586
marta koʻrilgan.

“Jamiyat va oilada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlash” mavzusidagi Davlat grantining 1-tanlovi:

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

  1. Yoshlarda, ayniqsa uyushmagan, tarbiyasi ogʻir boʻlgan yoshlarda gʻoyaviy va axborot xurujlariga qarshi maʼnaviy hamda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni jamiyatdagi moslashuviga koʻmaklashish;
  2. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash;
  3. «Ommaviy madaniyat” kabi salbiy illatlarga qarshi immunitetni shakllantirishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalanish;
  4. Giyohvandlik, axloqsizlik va zararli taʼsirdan himoya qilishda taʼlim muassasalari, oila va mahalla institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish;
  5. Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish;
  6. Jamiyatda radikallashuv va mutaassiblik, yot gʻoyalar taʼsiriga qarshi mustahkam maʼnaviy himoya qobigi shakllanishiga koʻmaklashish;
  7. Ekstremizm va terrorizm gʻoyalari tarqalishining oldini olish maqsadida anʼanaviy qadriyatlar va bagʻrikenglik mafkurasini targʻib qilish, ushbu gʻoyalarga nisbatan aholi orasida murosasizlik tuygʻusini shakllantirish;
  8. Turli huquqbuzarliklarga moyil yoshlarni, voyaga yetmaganlarni maʼnaviy-maʼrifiy, axlokiy tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
  9. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishning innovatsion shakllarini amaliyotga kiritish;
  10. Oilaviy ajrimlar, noqonuniy nikohlarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga koʻmaklashish.

“Aholini tadbirkorlikka keng jalb etishga koʻmaklashish” mavzusidagi Davlat grantining 2-tanlovi

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

  1. Hududlarda ijtimoiy va maishiy infratuzilmani yaratishga, oilaviy biznes, hususiy tadbirkorlik, kasanachilik, xalq hunarmandchiligini rivojlantirishga hamda aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilashga koʻmaklashish;
  2. Davlat organlari va biznes subyektlari bilan hamkorlikda yoshlar, ayollar va yosh oilalarning bandligini taʼminlash;
  3. Xorijdan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytgan fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni mamlakatdagi bunyodkorlik ishlariga keng jalb qilish;
  4. Joylarda bandlikni taʼminlashda, kambagʻallikni qisqartirishda, ayniqsa, yoshlarni va ayollarni kasbga yoʻnaltirishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
  5. Uy xujaligi asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
  6. Nogironligi boʻlgan yoshlar bandligini taʼminlash, ularning daromad manbalarini kengaytirishda ijtimoiy korxonalarni rivojlantirish;
  7. Norasmiy band yoki band boʻlmagan aholini kasbga qayta tayyorlash;
  8. Xotin-qizlar va yoshlarni iqtisodiy, moliyaviy va biznes sohasidagi koʻnikmalarini yuksaltirish;
  9. Milliy hunarmandchilik sohasida ustoz-murabbiylik anʼanalarini yanada rivojlantirish, keksa avlodning bilimi, tajribasi va mehnat salohiyatidan foydalanish, ularni xayotga tatbik etishga kumaklashish.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 100 million soʻmgacha.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.