“Jamiyat va oilada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlash” mavzusidagi Davlat grantining 1-tanlovi:
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- Yoshlarda, ayniqsa uyushmagan, tarbiyasi ogʻir boʻlgan yoshlarda gʻoyaviy va axborot xurujlariga qarshi maʼnaviy hamda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni jamiyatdagi moslashuviga koʻmaklashish;
- Oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- «Ommaviy madaniyat” kabi salbiy illatlarga qarshi immunitetni shakllantirishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalanish;
- Giyohvandlik, axloqsizlik va zararli taʼsirdan himoya qilishda taʼlim muassasalari, oila va mahalla institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish;
- Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish;
- Jamiyatda radikallashuv va mutaassiblik, yot gʻoyalar taʼsiriga qarshi mustahkam maʼnaviy himoya qobigi shakllanishiga koʻmaklashish;
- Ekstremizm va terrorizm gʻoyalari tarqalishining oldini olish maqsadida anʼanaviy qadriyatlar va bagʻrikenglik mafkurasini targʻib qilish, ushbu gʻoyalarga nisbatan aholi orasida murosasizlik tuygʻusini shakllantirish;
- Turli huquqbuzarliklarga moyil yoshlarni, voyaga yetmaganlarni maʼnaviy-maʼrifiy, axlokiy tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
- Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishning innovatsion shakllarini amaliyotga kiritish;
- Oilaviy ajrimlar, noqonuniy nikohlarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga koʻmaklashish.
“Aholini tadbirkorlikka keng jalb etishga koʻmaklashish” mavzusidagi Davlat grantining 2-tanlovi
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- Hududlarda ijtimoiy va maishiy infratuzilmani yaratishga, oilaviy biznes, hususiy tadbirkorlik, kasanachilik, xalq hunarmandchiligini rivojlantirishga hamda aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilashga koʻmaklashish;
- Davlat organlari va biznes subyektlari bilan hamkorlikda yoshlar, ayollar va yosh oilalarning bandligini taʼminlash;
- Xorijdan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytgan fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni mamlakatdagi bunyodkorlik ishlariga keng jalb qilish;
- Joylarda bandlikni taʼminlashda, kambagʻallikni qisqartirishda, ayniqsa, yoshlarni va ayollarni kasbga yoʻnaltirishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
- Uy xujaligi asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
- Nogironligi boʻlgan yoshlar bandligini taʼminlash, ularning daromad manbalarini kengaytirishda ijtimoiy korxonalarni rivojlantirish;
- Norasmiy band yoki band boʻlmagan aholini kasbga qayta tayyorlash;
- Xotin-qizlar va yoshlarni iqtisodiy, moliyaviy va biznes sohasidagi koʻnikmalarini yuksaltirish;
- Milliy hunarmandchilik sohasida ustoz-murabbiylik anʼanalarini yanada rivojlantirish, keksa avlodning bilimi, tajribasi va mehnat salohiyatidan foydalanish, ularni xayotga tatbik etishga kumaklashish.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 100 million soʻmgacha.