Marsda yetishtirilgan meva va sabzavotlardan taʼtib koʻrishni istaysizmi?

0
245
marta koʻrilgan.

 

Birlashgan Arab Amirliklari kosmosda – Marsda qishloq xoʻjaligiga asos solmoqchi, deya xabar beradi BBC axborot xizamti.

BAA 2020 yilda Yaponiyaning Mitsubishi ogʻir sanoat kompaniyasi bilan hamkorlikda Marsda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha ilk amaliy harakatlarini boshlaydi. Hozir esa Mars zaminida daraxt va oʻsimliklar yetishtirish boʻyicha ilmiy nazariy tadqiqotlarni olib borayapti.

“Mars tuprogʻi bilan sayyoramizning choʻl hududlari tuprogʻi tarkibi oʻrtasida oʻxshashliklar bor, – deydi Birlashgan Arab Amirliklari Kosmik agentligining bosh mutaxassisi Rashid Al Zaabi, – bu loyiha bizga nafaqat Mars tuprogʻini oʻrganish, balki kurrai zaminimizda ham qishloqq xoʻjaligini rivojlantirishga yordam beradi”.

Birlashgan Arab Amirliklari Marsda, xususan, xurmo daraxtini yetishtirishni rejalashtiryapti, chunki choʻl sharoitida ham oʻsuvchi bu daraxtni yetishtirish uchun namgarchilik va ozuqaviy moddalarga boy tuproq shart emas.

AQSHning “Appallon 15” loyihasining (1971 yil) sobiq astronavti Al-Vordenning fikricha esa, bu loyiha xalqaro hamkorlikni talab qiladi, uning texnologik qiyinchiliklari koʻlami bir mamlakat uchun juda ogʻirlik qiladi.

Birlashgan Arab Amirliklari bugunga qadar aero-kosmik sohasiga 5,4 milliard dollardan ziyod sarmoya kiritgan.

Surʼat BBC axborot xizmati saytidan olindi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.