19 sentyabr kuni sodir boʻlgan zilzila oqibatida Mexikoda halok boʻlganlar soni 200 kishidan oshdi

0
256
marta koʻrilgan.

Qutqaruvchilar 19 sentyabr kuni Meksikada sodir boʻlgan zilzila oqibatida yuzaga kelgan vayronalar ostidan jasadlarni chiqarib olishni davom etmoqda. Fuqarolik mudofaasi xizmati milliy koordinatori Luis Felipe Puentening 28 sentyabr, payshanba kuni maʼlum qilishicha, poytaxtda tabiiy ofat oqibatida halok boʻlganlar soni 204 kishiga yetgan, deb xabar berdi “TASS”.

“Butun mamlakat boʻylab halok boʻlganlar soni 343 kishiga yetgan: Mexikoda (shahri) – 204, Morelos shtatida – 74, Puebleda – 45, Mexiko shtatida – 13, Gerreroda – 6 ta va Oaxakada – bitta”, – deb yozadi Puente oʻzining Twitterdagi sahifasiga. Bir necha yuz odam hamon shifoxonada.

Meksika milliy seysmologiya xizmatining maʼlumotlariga koʻra, yer osti silkinishlarining epimarkazi poytaxtdan 111 kilometr janubda, Axochyapan (Morelos shtati) aholi punktidan 12 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Uning oʻchogʻi 57 kilometr chuqurlikda boʻlgan.

Hukumatning dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 2 milliard dollardan ortiq mablagʻ zarur boʻladi.

 

Manba: daryo.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.