2023 yil tanlovi – Dunyodagi eng yaxshi kutubxona

0
161
marta koʻrilgan.

Barselonada joylashgan Gabriyel Garsia Markes nomidagi jamoat kutubxonasi 2023 yilgi tanlovda «Dunyoning eng yaxshi kutubxonasi» nomiga munosib deb topildi.

Tanlov Xalqaro kutubxonalar uyushmalari va institutlari federatsiyasi (IFLA) tomonidan oʻtkazildi. 

Qizigʻi shundaki, bino bir yil oldin 2022 yil may oyida ochilib, darhol barchani hayratda qoldirdi. Kutubxona olti qavatli boʻlib,  ochiq yogʻoch uslubida qurilgan. Kutubxona 800 kishiga moʻljallangan, biroq baʼzi kunlarda tashrif buyuruvchilar soni 1 300 kitobxonga yetadi.

Barselona kutubxonasining xalqaro tanlovdagi asosiy raqobatchilari  esa jahonning yetakchi ziyo maskanlari – Shanxay  Sharq kutubxonasi (Xitoy),  Janeza Vaykarda Valvasora Krshkova kutubxonasi (Sloveniya) va Parramatta shahar kutubxonasi (Avstraliya) boʻldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.