26 yanvar – Hindiston Respublikasi kuni

0
559
marta koʻrilgan.

Hindiston – dunyoda eng koʻpmillatli mamlakatlardan biri. Mamlakatda turli tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Ularning boshini qovushtiruvchi, tinchlik va hamjihatlikda yashashini taʼminlaydigan amaldagi konstitutsiya 1950 yil 26 yanvardan kuchga kirgan. Shundan beri 26 yanvar – Respublika kuni sifatida nishonlanadi. 

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi joriy yil moliyaviy koʻrsatgichlari boʻyicha Hindiston Xitoydan kamida 7,4 foizga oʻzib ketishini taxmin qilmoqda. Buning sabablaridan biri sifatida Hindistondagi 100 milliondan ortiq kichik firmalarning muvaffaqiyatli ishlab turgani keltirilmoqda. 

Yana bir qiziq maʼlumot. 2017 yilda Hindiston Fransiyani quvib oʻtib, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmi boʻyicha dunyo mamlakatlari roʻyxatida oltinchi oʻrinni egalladi. Soha ekspertlari yaqin oʻn yilda Janubiy Osiyoning bu mamlakati jahonning uchta yirik iqtisodiyotlaridan biriga aylanishini bashorat qilayotganlari ham bejiz emas. Negaki, oxirgi yillarda davlat sanoatni va ilgʻor axborot texnologiyalarini kuchaytirish, eksportni kengaytirish va global integratsiya jarayonlarida faol qatnashish hisobiga jiddiy siljishga qoʻl urdi. Afsuski, ijtimoiy tengsizlikning yuqori koʻrsatkichi va malakali kadrlarning yetishmovchiligi Dehli uchun jiddiy bosh ogʻriq boʻlib qolmoqda. Shunga qaramay, “hind moʻjizasi” jahon iqtisodiyoti manzarasiga oʻzgarish kiritib boʻldi. 

Jahon bankining baholashicha, 2017 yil yakuniga koʻra, hind YAIM 2,597 trillion AQSH dollariga yetdi. Fransiyada esa bu raqam 2,582 trillion koʻrsatkichni tashkil etdi. Shunday qilib, bir necha yil ichida Hindiston iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar orasida eng tez oʻsuvchisiga aylanadi. Vaholanki, 2007 yilda 1,2 trillion dollarga teng YAIM bilan Hindiston 12-oʻrinni egallab turgan edi. Albatta, 10 yil ichida iqtisodiy koʻrsatkichlarni ikki barobarga oshirish katta yutuqdir. 2032 yilga borib, mamlakat Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiyani ortda qoldirishi mumkin, degan taxminlar ham aytilmoqda. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.