4 fevral – Xalqaro saraton kasalliklariga qarshi kurash kuni

0
339
marta koʻrilgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bergan maʼlumotlariga koʻra hozirgi kunda  yiliga saraton bilan kasallanish   dunyo boʻyicha   10 million kishini tashkil qilar ekan. 

Shundan ularning 70 foizga yaqini shu yilning oʻzida davo muolajalariga qaramasdan xayotdan koʻz yumar ekan. Bu koʻrsatkich 2020 yilga kelib 2 marta, 2030 yilga kelib 3 marta oshishi kutilmokda.

Hozirgi kunda dunyo boʻyicha eng koʻp kasallanish  1-chi oʻrinda oʻpka saratoniga toʻgʻri keladi. Yaʼni, yiliga 1,5 mln. kishi, shundan shu yilning oʻzida davolash muolajalariga qaramasdan 1,3 million bemor vafot qiladi.

Ikkinchi oʻrinda  sut bezi saratoni turadi,  yaʼni yiliga 1,15 million ayol kasallanar  va shundan 600 ming bemor  bir yil ichida  davolash muolajalariga qaramasdan vafot qiladi. Uchinchi oʻrinda   bachadon boʻyni  va keyingi oʻrinlarda yoʻgʻon ichak, meʼda, jigar, prostata bezi  xavfli oʻsma kasalliklari turadi. 

Matniyaz MATNIYAZOV, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor, Xorazm viloyati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.