4 iyun – “Xalqaro tajovuz qurbonlari – begunoh bolalar kuni”

0
113
marta koʻrilgan.

“Anadolu” axborot agentligi “Save the Children” (Bolalarni asrang!) xalqaro nohukumat tashkiloti taqdim etgan maqolani eʼlon qildi.

Dunyoda 449 milliondan ziyod bola qizgʻin mojaro hududida qolmoqda. Har yili koʻp sonli bolalar va oʻsmirlar ayni jarayon qurboniga aylanadi. 1982 yil 19 avgustda Falastin masalasi boʻyicha favqulodda maxsus sessiyada BMT Bosh Assambleyasi “Isroilning tajovuzkor harakati qurboni boʻlgan juda koʻp begunoh falastinlik va livanlik bolalardan tashvishda qolgan holda” har yilning 4 iyunini “Xalqaro tajovuz qurbonlari – begunoh bolalar kuni” sifatida nishonlashga qaror qildi.

BMT maʼlumotiga koʻra, bolalarga qarshi jinoyatlar qatoriga qotillik, jinsiy zoʻravonlik, tanaga jarohat yetkazish, voyaga yetmaganlarni mojaroda ishlatish, gumanitar yordamdan mahrum qilish va bolalarni hibsga olish kiradi. 2021 yil 1,6 milliard yoki dunyo bolalarining uchdan ikki qismidan koʻprogʻi nizodan jabrlangan mamlakatlarda yashagan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 9 foiz oshdi, deyiladi hisobotda.

2021 yil qurolli mojaro chogʻida bolalarga nisbatan 23 982 marta jiddiy huquqbuzarlik sodir etilgan. Qoidabuzarlikning 22 645 tasi 2021 yilga toʻgʻri keladi, 1 337 tasi oʻtgan yillarda sodir etilgan va 2021 yil tasdigʻini topgan. Qayd etilishicha, 19 165 bola qotillik, tana jarohati, mojaroda qatnashish, insonparvarlik yordamiga toʻsqinlik qilish kabi jinoyatlarga qoʻl urgan.
Hisobotda qayd etilishicha, xuddi shu davrda 2515 bola halok boʻlgan, 5555 nafar voyaga yetmagan nogiron boʻlib qolgan. 6310 nafar voyaga yetmagan boladan urushda foydalanilgan, 3945 nafar bola esa insonparvarlik yordamidan mahrum boʻlgan.

2021 yil Afgʻoniston, Kongo Demokratik Respublikasi, Isroil, Falastin, Somali davlatlarida, shuningdek Suriyaning Damashq va Yaman nazoratidagi hududlarida bolalarga nisbatan eng koʻp jinoyat yuz bergan.

Muharrama Pirmatova, OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.